QUTURISH KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASHISH CHORA-TADBIRLARI
Quturish – o‘ta xavfli o‘tkir o‘tuvchi virus kasalligi bo‘lib, asab tizimining og‘ir jarohatlanishi bilan xarakterlanadi va oqibati albatta o‘lim bilan yakunlanadi. Odam, hamma turdagi sut emizuvchi hayvonlar bu kasallik bilan kasallanadi. Kasallikni filtirlanuvchi neyrotrop virus keltirib chiqaradi. Virus kasal hayvonning bosh miyasida ko‘payadi va so‘lagi orqali tashqi muhitga chiqadi.
🔺 Ushbu kasallik dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida qayd qilinib, undan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida xar yili 66 mingdan ziyod, Indiyada esa 30 mingdan ziyod odam vafot etadi.
🔺 Demak, dunyoda har kuni 180 kishi, 8 daqiqada 1 kishi quturish tufayli olamdan o‘tadi. Odamlarning 96% i itlar orqali kasallanadi.
🔺 Kasallik qo‘zg‘atuvchisi manbai bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It va mushuklar esa ko‘pincha kasallikni tarqatuvchi manbalar hisoblanadi.
Sanepidqo‘mita Muborak tuman bo‘limi Axborot xizmati